Orqaga

Xalqaro huquq

Biz xalqaro savdo, eksport-import, xorijiy kontragentlar bilan tuziladigan bitimlar hamda transchegaraviy investitsiya operatsiyalarida huquqiy maslahat va qo‘llab-quvvatlashni taklif etamiz.

Biz nimani taklif qilamiz?

Xalqaro bozorlarga chiqish uchun huquqiy yordam

Xorijda tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish, tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash, filial va sho‘ba korxonalar ochish, zarur ruxsatnomalar va litsenziyalarni olishda yordam.

Xalqaro nizolarni hal qilish

Arbitraj va xalqaro sudlarda himoya, tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni hal etish.

Xalqaro korporativ huquq

Qo‘shilish va sotib olish jarayonlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, tranzaksiya tuzilmalarini ishlab chiqish, due diligence o‘tkazish, turli yurisdiksiyalarda qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha maslahatlar.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash

Xalqaro soliqni rejalashtirish, valyuta va bojxona masalalarida yordam, chet elda biznes yuritish bo‘yicha milliy va xalqaro talablarga rioya qilish bo‘yicha maslahat.

Xalqaro savdoni huquqiy qo‘llab-quvvatlash

Eksport-import shartnomalarini tayyorlash, muzokaralarda yordam berish, xalqaro savdo standartlari va shartnomalariga rioya qilish bo‘yicha maslahatlar.

Biz bilan bog‘laning

Savollaringiz yoki huquqiy masalalaringiz bo‘yicha biz bilan quyidagi aloqa usullari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Biz murojaatlaringizni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz va tezkor javob beramiz.

Savollaringiz bormi?

Savollaringizni yuboring va tez orada javob beramiz

+998