Savollaringiz yoki huquqiy masalalaringiz bo‘yicha biz bilan quyidagi aloqa usullari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Biz murojaatlaringizni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz va tezkor javob beramiz.
Savollaringizni yuboring va tez orada javob beramiz

Toshkent 19.09.2025 - Sher Legal va WinTeam500 yuridik firmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi rasman imzolandi.WinTeam500 - biznes yuritishning innovatsion falsafasi, xizmatlardan yuqori xabardorlik, brend boshqaruvi va korporativ faoliyatga ega yuridik xizmatlarni taqdim etuvchi Xitoydagi birinchi yuridik tashkilot.Kuchli axborot tizimi, keng ko‘lamli ta’minot zanjiri boshqaruvi, professional operatsion jamoa, ilg‘or brendni rejalashtirish va xalqaro strategik qarashga ega. Imzolangan memorandum tomonlarning loyihalarni birgalikda rivojlantirish, tajriba almashish va mahalliy hamda xalqaro miqyosda biznes mijozlarni qo‘llab-quvvatlash niyatini mustahkamlaydi. Hujjatning imzolanishi har ikki kompaniyaning hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va mijozlar, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.Sher Legal vakillari WinTeam500 bilan hamkorlik mijozlarga yanada kengroq huquqiy xizmatlarni taklif qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishonchli huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini berishini ta’kidladilar.Sher Legal va WinTeam500 hamkorlik memorandumini imzoladi