Savollaringiz yoki huquqiy masalalaringiz bo‘yicha biz bilan quyidagi aloqa usullari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Biz murojaatlaringizni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz va tezkor javob beramiz.
Savollaringizni yuboring va tez orada javob beramiz
2026-yil 1-fevraldan Yagona ijtimoiy reestr joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab mamlakatda Yagona ijtimoiy reestr joriy etiladi. Yangi reestr quyidagi tizimlar negizida shakllantiriladi: “Ijtimoiy himoya yagona reestri”; “Kam ta’minlangan oilalar reestri”.Mazkur hujjat oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimida yagona tartib asosida hisobga olish va toifalash mezonlarini belgilaydi. Yagona ijtimoiy reestrga kiritiladigan oilalar toifalari:Davlat ta’minotidagi oila.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan oilalar ushbu toifaga kiritiladi: oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan; har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlaridan past. Kam ta’minlangan oila: Ushbu toifaga quyidagilar kiradi: oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega; har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlaridan past. Kambag‘allik chegarasidagi oila. Quyidagi mezonga javob beradigan oilalar ushbu toifaga kiritiladi: har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha.
Shuningdek, quyidagilar ham mazkur toifaga kiritilishi mumkin: avval “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kam ta’minlangan oila” toifalaridan chiqarilgan oilalar; mahalla tavsiyasi asosida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan deb topilgan oilalar. Oilani toifalash tartibi. Oilani tegishli toifaga kiritish quyidagilarga asoslanadi:rasmiy daromad ma’lumotlari;oila a’zolarining mehnatga layoqati;davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar;zarur hollarda mahalla organlarining xulosasi.Yagona ijtimoiy reestr ijtimoiy yordamni tayinlashda yagona mezonlar asosida qaror qabul qilish imkonini yaratadi